

Haligachi rasman yangi shartnoma imzolamagan Milan Shkrinyarning jamoani tark etishi ehtimoli bilan uni o'rnini to'ldirishi mumkin bo'lgan nomlar shakllantirilmoqda. Angliyaning "Chelsi" klubi o'yinchisi Trevo Chaloba (suratda) A Seriya klubining ehtimoliy transfer nishonlaridan biriga aylanmoqda. 23 yoshli himoyachi Milan klubi a'zosiga aylanishi mumkin. Biroq bir necha kun avval klub rahbarlaridan biri Shkrinyar bilan bitim tuzilishiga amin ekanini bildirgan edi.
"Neradzurri" ushbu mavsum ajoyib formada bo'lgan 22 yoshli Polsha terma jamoasi a'zoasi Yakub Kiver variantini ham o'rganib chiqmoqda.



