“Inter” Malkom transferini “Bordo” bilan kelisha olmadi

12 iyun 2018, 08:55
“Bordo” Malkomni sotishdan bosh tortdi.

“Inter” braziliyalik Malkomni sotib olish taklifi bilan “Bordo”ga murojaat qilgandi. Milan klubi futbolchi uchun “Bordo”ga 40 mln evro taklif etgan. Biroq bu mablag' ularni qanoatlantirmadi. Shu boisdan “Inter” yaqin vaqtlar ichida yangi taklif yuboradi.

Malkom yakuniga etgan mavsumda “Bordo” safida 38 o'yinda qatnashib, 12 gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC