"Inter" Lukakudan voz kechdi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2023, 19:20
Romelu Lukaku "Inter"ga qaytmaydi.

Milan klubi hujumchini sotib olish bo'yicha muzokaralarni to'xtatishga qaror qildi. Futbolchi bundan xabardor.

"Nerazzurilar" Lukaku "Yuventus" bilan muzokara o'tkazganidan so'ng bu qarorni qabul qilishdi. Hujumchi aloqaga chiqmagani ham "Inter"ning jahlini chiqargan.

Jumadan shanbaga o'tar kechasi belgiyalik "Inter" sport direktoriga qo'ng'iroq qilib, aloqalarni tiklashga uringan, ammo suhbat uzoq davom etmagan. Endi "Inter" boshqa hujumchi izlaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com