"Inter" Lukaku bo'yicha ikkinchi taklifni bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
13 iyul 2023
"Inter" Romelu Lukakuni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha harakatlarni davom ettirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, milanliklar belgiyalik hujumchi uchun 30 million ero taklif qilishgan. Bu klubning ikkinchi taklifi hisoblanadi. Avvalroq "Chelsi" 25 millionga Lukakuni sotmagani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Avvalroq "Chelsi" Lukaku uchun 40 million evro so'rayotganligi ma'lum qilingandi. Ayni paytda faqatgina "Al Hilol" ushbu summani to'lay oladi. Lekin Lukaku faoliyatini Yevropada davom ettirish niyatida. 

Eslatib o'tamiz, Lukaku 2022/23 yilgi mavsumni ijara asosida "Inter"da o'tkazgandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Fabrizio Romano