

Takidlanishicha, Lautaro Martines yozgi transferlar vaqtida baribir ham “Barselona”ga o'tishi kutilmoqda. “Inter” esa uning o'rniga boshqa hujumchi izlashni boshlab yuborgan. Milanliklarning asosiy maqsadi esa “Atletiko” hujumchisi Alvaro Morata bo'ladi. Futbolchining transfer huquqi “Chelsi”ga tegishli. Biroq Madrid klubi Moratani keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.
Morata joriy mavsum La Ligada 23 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi.



