“Inter” Kanada terma jamoasi yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Nozimov Nig'monxo'ja
27 dek 2023
“Bryugge” yarim himoyachisi Tajon Bushanan faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Kanadalik futbolchisiga “Inter” jiddiy qiziqmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, jamoalar kelishuvning so'nggi bosqichiga o'tishgan. Milan jamoasi yarim himoyachi uchun 10 million evro beradi va futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida uchtadan gol va assist bor.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com