Inter Ikardini sotib olganini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2013, 23:07
Inter Sampdoriya hujumchisi Mauro Ikardini sotib olganini rasman e'lon qildi.
Milan klubi 20 yoshli futbolchiga egalik qilish huquqining yarmini sotib oldi, qolgan 50 foiz huquqi esa Sampdoriyani o'zida qoldi.

Ikardi Interda 9-raqam ostida o'ynaydi. Transferning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmayapti.

Italiya chempionatining o'tgan mavsumida Ikardi 31 ta o'yinda 10 ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru