"Inter" Ikardini "Real"ning asosiy futbolchisiga almashishga tayyor

Mirjalol Normatov
31 dek 2019, 16:57
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos "Inter"ning asosiy maqsadiga aylanib bo'ldi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, "neradzurri"lar "Santyago Bernabeu"ga Mauro Ikardini qo'yib yuborishga tayyor. Shu orqali jamoalar o'z futbolchilarini almashishadi. Tomonlar bir-birlariga hech qancha mablag' to'lashmaydi.

Kroos 2014 yildan buyon "galaktikos" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsumda germaniyalik futbolchi Primeroda 12 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es