"Inter" Eriksen uchun 27 mln evro olmoqchi

Alisher
24 sen 2020, 14:48
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen "neradzurrilar" safini tark etishi mumkin.

Milanliklar daniyalik futbolchini sotib yuborishga tayyorlar, ammo o'yinchi uchun haligacha taklif olishmagan.

Qayd etish kerakki, agentlar xavbekni xarid qilishni Angliya chempionatidagi klublarga taklif etishdi, ammo ular ham aniq bir qiziqish bildirishmadi.

"Inter" Eriksenni sotmoqchi yoki xarid qilish sharti bilan ijaraga yubormoqchi. Italiya klubi rahbariyati yarim himoyachining transferidan 27 million evro atrofida ishlamoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it