

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni Van De Bek yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Inter" niderlandiyalik yarim himoyachini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda, u Evro-2020'da yurak xuruji sababli noma'lum muddatga maydonga tushmaydigan Kristian Eriksenning o'rnini to'ldiradi.
O'tgan mavsumda Van De Bek barcha turnirlarda 36 uchrashuv o'tkazib, bitta gol urdi hamda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.



