"Inter" darvozaboni faoliyatini Fransiyada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2023, 13:35
"Oser" "Inter" darvozaboni Yonuc Andrey Radu bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Fransiya klubi 25 yoshli ruminiyalikni shu yilning yozigacha ijaraga oldi.

Radu 2022/23 yilgi mavsumni "Kremoneze"da ijarada boshladi. U barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol o'tkazib yubordi va 1 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Raduning Milan klubi bilan amaldagi bitimi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 3,5 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia