"Inter" bilan o'yin oldidan "Roma"da yo'qotishlar bor

5 dek 2019, 01:04
Bu haqida Corriere della Sera nashri xabar tarqatdi.

Rimning "Roma" klubi futbolchilari Xaver Pastore va Jastin Klyuyvert A Seriya 15-turi doirasidagi "Inter"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Har ikkala futbolchi turli jarohatlar sabab safdan chiqishgan. Bundan tashqari harorati ko'tarilgan jamoa hujumchisi Edin Jekoning ham mazkur uchrashuvda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere della Sera