"Inter" "Atletiko"ning Lautaro borasidagi taklifini rad etdi

Alisher
2 iyun 2021, 15:01
"Inter" "Atletiko"ning forvard Lautaro Martines borasidagi taklifiga rad javobini berdi.

Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi futbolchi uchun 50 million evro to'lashga tayyor edi.

Milanliklarni bu taklif qoniqtirmadi. "Neradzurrilar" o'yinchini ancha yuqori baholashmoqda.

Shuningdek, Martinesning "Inter"da qolishiga kafolat yo'q. Oldinroq, o'yinchining agenti boshqa klublar bilan muzokara o'tkazayotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport