"Inter" Alonsoni 12 mln evroga xarid qilmoqchi

2 okt 2020, 01:54
"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

Sky Sport Italia nashri xabar berishicha, avval London klubini boshqargan Antonio Konte yana ispaniyalik o'yinchi bilan birga ishlashni xohlayapti.

"Inter" rahbariyati 29 yoshli futbolchini keyinchalik 10,9 million funtga (taxminan 12 mln evro) xarid qilish majburiyati bilan ijaraga olishga tayyor.

Ma'lumot uchun, APLning o'tgan mavsumida 18 o'yin o'tkazgan Alonso o'z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia