

Endi moskvaliklarni Inter afsonalaridan biri Deyan Stankovich boshqarib boradi. Murabbiy jamoani yangi mavsumdan qabul qilib oladi.
Ma'lumot uchun, Deyan Stankovich futbolchilik faoliyatining katta qismini Lacio va Inter safida o'tkazgan. U olti karra Italiya chempioni, Italiya kubogi va Superkubogi sohibi hisoblanadi. Shuningdek, Deyan faoliyati davomida ECHL, UEFA Superkubogi, klublar o'rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.
Murabbiylik faoliyati davomida esa Crvena zvezda, Samdoriya va Ferencvarosh klublarida ishlagan.




