Instat "Paxtakor" futbolchilariga "Sepaxon" bilan o'yin uchun necha ball berdi?

Narzulla Saydullayev
8 apr 2022, 10:25
Kecha OCHL 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Sepaxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston chempioni birinchi taymda oldinga borishiga qaramay, yakunda 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Instat portaliga ko'ra kechagi bahsda "Paxtakor" safida eng ko'p ballni Hojiakbar Alijonov va Ikrom Aliboev olgan - 214. Sardor Sobirxo'jaev 213 ballga ega. Eng kam ochko zaxiradan tushgan Mirjahon Mirahmadovga berilgan - 157. Maydonda 7 daqiqa harakat qilgan Diyor Xolmatovga ball berilmagan. Farruh Sayfiev va Sardor Rashidov ham kam ochko olganlar orasida bor.

Instat bo'yicha "Paxtakor" futbolchilariga qo'yilgan ballar:

Hojiakbar Alijonov - 214
Ikromjon Aliboev - 214
Sardor Sobirxo'jaev - 213
Odiljon Hamrobekov - 207
Hojimat Erkinov - 205
Dragan Cheran - 205
Eldorbek Suyunov - 196
Aleksey Larin - 187
Azizbek Turg'unboev - 185
Kamen Xadjiev - 181
Sardor Rashidov - 176
Farruh Sayfiev - 167
Mirjahon Mirahmadov - 157
Diyor Xolmatov - ball berilmagan.

Ma'lumot uchun, Instat mazkur uchrashuvdagi eng ko'p ballni "Sepaxon" hujumchisi Shahriyor Mug'anluga bergan - 257.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia