Ins: "Sulsher va MYUning asal oyi yakuniga etdi"

Aslanov Jasurbek
4 apr 2019, 18:26
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Ins "qizil iblislar"ning Ule-Gunnar Sulsher qo'l ostida o'yini pasayishi haqida fikr bildirdi.

"Sulsher va "Manchester Yunayted"ning asal oyi yakuniga etdi. To'laqonli shartnoma imzolagan murabbiydagi bosim vaqtinchalik mutaxassisnikidan ko'proq bo'ladi. Endi har bir mag'lubiyatga boshqacha e'tibor beriladi.

Sulsher ko'p ishlashi kerak. Jamoada pasayishlar bo'ladi, ammo hozir bu uchun juda noqulay payt. Oldinda "Barselona"ga qarshi bahs bor, keyin "Vest Xem" bilan o'yin" - deydi Ins.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com