Infantino koronavirus tufayli uchrashuvlar bekor qilinishi mumkinligini aytdi

29 fev 2020, 01:43
FIFA prezidenti Janni Infantino koronavirus epidemiyasi bois jahonning bosh futbol tashkiloti xalqaro uchrashuvlarni bekor qilishi mumkinligini aytdi.

Ilgariroq Yevropa ligasi 1/16 finalidan o'rin olgan “Inter” – “Ludogorec” uchrashuvi ayni shu sabab bilan muxlislarsiz o'tkazilgandi. Shuningdek, Italiya A seriyasining 26-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar ham ishqibozlarsiz o'tkaziladi.

“Sog'liq barcha uchun futboldan ham muhimroq. Shu bois biz vaziyatni kuzatib borayapmiz. Umid qilamizki, epidemiya “alangasi” pasayadi. Ammo hozircha vaziyat og'irligicha qolmoqda. Agar ayrim uchrashuvlarni muxlislarsiz o'tkazishga to'g'ri keladigan bo'lsa, biz shu ishni amalga oshirishga majbur bo'lamiz”, deya Infantinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Guardian.

27 fevral kuni Italiyada  professional futbolchilardan biri koronavirusga chalingani aniqlandi. Ushbu sportchining ismi sharifi ochiqlanmayapti, ammo uning Siena provinciyasida yashashiga aniqlik kiritildi. Italiyada allaqachon bir qator bellashuvlarni muxlislarsiz o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilingan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Guardian