

"Konfederatsiyalar Kubogi ishtirokchilari sonini orttirish borasida o'ylab ko'rish kerak (kuladi). Futbolni yaxshi ko'raman. Bugun futbol - faqat Yevropa yoki Janubiy Amerika emas. Bizda ikki yo'l bor - Yevropa va Janubiy Amerika ishtirokchilari sonini kamaytirish yoki qatnashchilarni ko'paytirish. 48 ta jamoa - bu bor-yo'g'i FIFAning 22% a'zolaridir.
Evroda 24 ta jamoa ishtirok etadi - bu UEFAning 45% a'zosi degani. Bu klublarga ham tegishli. Boshqa klublar uchun ham joy topishga urinib ko'ramiz. Jahon futboli bundan faqat yutadi deb o'ylayman" - deydi Infantino.



