Infantino Buffonga ish taklif qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2018, 14:50
FIFA prezidenti Janni Infantino "Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon bilan suhbatlashib, unga tashkilotda ishlashni taklif qilmoqchi.

Buffon joriy mavsumdan so'ng faoliyatini yakunlashi mumkin.

"Italiya va Buffon jahon chempionatiga chiqa olmaganidan xafaman. Biz buyuk ananalar bor jamoa haqida gapiryapmiz, biroq JCH-2018ga chiqqanlar shunga munosib. Men kubokni Buffonga topshirmoqchi ekanligimni yashirmayman. Uni FIFAda ishlashga taklif qilish borasida Buffon bilan shaxsan suhbatlashmoqchiman" - deydi Infantino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport