Inesta: "Xavi "Barsa"ni boshqarish uchun tayyorlandi va o'qib o'rgandi. U bunday chaqiruvni qabul qilishga tayyor"

Aslanov Jasurbek
21 sen 2021, 23:23
Xavining "Barsa"dagi elkadoshlaridan biri uning klubga qaytish vaqti keldi deb hisoblaydi.

Andres Inestaning takidlashicha, Xaviga "Barselona"ni ishonsa bo'ladi.

"O'ylashimcha, u bunga tayyor. Xavidan nima kutishim haqida so'rasangiz, men u aynan "Barselona"ni boshqarish uchun tayyorlanganini va o'qib o'rganganini ayta olaman. 

Xavida bunday chaqiruvni qabul qilishga ishonch etarlicha", -deydi Andres Inesta. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Xavi "Barsa" murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri ekanligi ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport