Inesta haqida ma'lumot tarqatgan futbolchi jamoadan chetlatildi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2018, 12:57
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta bilan bir jamoada to'p tepadigan "Vissel Kobe" himoyachisi Shunki Takaxashi ispaniyalik haqida ma'lumot tarqatgani uchun jamoadan chetlatildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Takaxashi do'stiga Inesta navbatdagi uchrashuvda ishtirok eta olmasligini aytgan. Futbolchining do'sti esa bu ma'lumotni "Tvitter"da e'lon qildi. Keyinroq u ushbu xabarni o'chirib tashladi, ammo mahalliy OAV ushbu ma'lumot haqida yangilik tarqatishga ulgurishdi.  "Vissel Kobe" rahbariyati Takaxashini bir oyga jamoadan chetlatishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun