

"Men ko'p yillardan beri futboldaman. Bu davr mobaynida ko'p narsalarni boshdan o'tkazdim. Qiyin savol.
Eng qiyin davr - Tito Vilanovaning vafot etishi bo'lgan. Bu nafaqat sport tomonlama, insoniylik tomondan ham qiyin payt edi.

Quvonchli davrlarni yodga oladigan bo'lsak, Chempionlar Ligasi va Ispaniya chempionatida birinchi g'alaba. Shaxsiy darajada esa "Stemford Brij"dagi "Chelsi" darvozasiga kiritgan golim faoliyatimdagi ertakka o'xshaydigan pallalardan biridir. Shuningdek, kattalar jamoasidagi ilk debyutimni ham ko'p eslayman", - deydi Inesta.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Inesta "Barselona" bilan umrbod shartnoma imzolagandi.


