Indoneziyalik darvozabon raqibi bilan to'qnashib ketishi oqibatida vafot etdi

Оқил Абдубарноев
22 dek 2021, 19:32
Indoneziyaning "Tornado" klubi darvozaboni Taufik Ramsi raqibi bilan to'qnashib ketdi va buning oqibatida vafot etdi.

Fojia Indoneziya uchinchi divizioni doirasida "Tornado"ning "Vagana" klubiga qarshi o'yinida yuz berdi.

20 yoshli Ramsi to'pga chiqish vaqtida raqibi bilan to'qnashdi va hushidan ketdi.

Uni zudlik bilan kasalxonaga olib borishgan, biroq shifokorlar yigitning hayotini saqlab qola olmagan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/SuporterFC