Incheon-2014. Boks. Isroil Madrimov ham finalga chiqdi!

Narzulla Saydullayev
2 okt 2014, 11:33
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'zining qizg'in pallasiga kirib borayotgan 17-Osiyo o'yinlarida bugun erkaklar o'rtasidagi boks bahslarining yarim final janglari bo'lib o'tmoqda.
Bundan oldin hamyurtimiz Shahobiddin Zoirovning finalga chiqqani haqida xabar bergandik.

69 kilogrammgacha vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov ham finalga chiqdi! U yarim finalda tailandlik Apichet Saensitni 3:0 hisobida mag'lub etib hal qiluvchi bahsga yo'llanma oldi.

3 oktyabr kuni Madrimov oltin medal uchun qozog'istonlik Daniyar Yeleussinovga qarshi jang qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com