Ilhom Qurbonov: “Mashal” hozircha fransiyalik legionerga qiziqayotgani yo'q”

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2018, 09:00
Ayni damda O'zbekiston klublari qishki transfyerdan unumli foydalanib qolish maqsadida selekciya ishlarini olib bormoqda.

Xususan Muborakning “Mashal” jamoasi joriy mavsum mahalliy futbolchilar bilan bir qatorda xorijlik legionerlar xizmatidan ham foydalanishni maqsad qilgan. “Gazchilar” safiga fransiyalik futbolchining kelib qo'shilishi to'g'risida xabarlar paydo bo'ldi. Shunga oydinlik kiritish maqsadida klub bosh direktori Ilhom Qurbonov bilan bog'langanimizda quyidagilarni ma'lum qildi.  

- Jamoamiz har yilgiga nisbatan joriy mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchilarni o'z safimizga qo'shib oldik. Shuningdek bu yil legionerlar limitidan ham foydalanishga xarakat qilyapmiz. Selekciya ishlari bo'yicha jamoamizda men bilan birga Dilyaver Vaniev shug'ullanadi. 

“Mashal”ga kelishi mumkin bo'lgan o'yinchilar haqida ma'lumot yig'ib borib, ular bilan muzokara o'tkazgan xolda, yakuniy qarorni bosh murabbiyga qoldiramiz. Agarda ushbu futbolchilar Aleksandr Xomyakovga maqul kelsa, shartnoma imzolanadi. Legionerlar bo'yicha sizga shuni aytishim mumkinki, serbiyalik Milan Spremo, ukrainalik Dmitriy Bashlay va Oleg Barannik, makedoniyalik Jalil Asani hamda chernogoriyalik Goran Vuyovich kabi o'yinchilar hozirda jamoamiz lagerida bo'lib turibdi. Ularning ayrimlari bilan kelishuvga erishdik. Shuningdek ko'rikka taklif etilganlari ham bor albatta.  

- Ammo fransiyalik futbolchining jamomizga kelishi haqida bizda hech qanday ma'lumot yo'q va hozircha ushbu davlatdan legioner olmoqchi emasmiz –deydi Ilhom Abdug'anievich.  

Islombek Rustambekov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia