

Saralashning ikkinchi bosqichidan o'rin olgan Yaman – BAA uchrashuvini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Qanotlarda unga Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam bersa, yana bir hamyurtimiz Asker Najafaliev zaxira hakami vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, ushbu bosqich doirasidagi Falastin – Bangladesh bahsiga yana bir vakilimiz - Vladislav Seytlin hakamlar nazoratchisi sifatida tayinlov olgan.
Quyida ular boshqaradigan uchrashuv ma'lumotlari bilan tanishing:
JCH-2026 saralashi, 2-bosqich
Osiyo mintaqasi, "H" guruhi
Yaman – BAA
27.03.2024 | 00:00
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev.
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.
Zaxira hakami: Asker Najafaliev.

Osiyo mintaqasi, "I" guruhi
Falastin – Bangladesh
21.03.2024 | 23:30
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Vakillarimizga ushbu uchrashuvlarda omad tilaymiz!



