Ildar Sakaev: “Bugun ruhiyat tufayli yutqazdik”

Narzulla Saydullayev
5 may 2015, 16:52
O'zbekiston Birinchiligining 1-bosqich, 6-turidan o'rin olgan “Cementchi” – “Oq-tepa” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ildar Sakaev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun ruhiyat tufayli mag'lubiyatga uchradik. “Neftchi” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng ayrim futbolchilarimiz o'zlariga katta baho berib yuborishdi. “Cementchi”ga qarshi bahsda ham osonlikcha g'alaba qozonamiz, deb o'ylashdi. Natijasini ko'rib turibsiz.
 
“Cementchi” bugun katta ishtiyoq bilan to'p surdi. Mezbonlarning g'alabasida bu asosiy omil bo'ldi, deyish mumkin. Bizda ham raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun etarlicha imkoniyatlar bo'ldi, biroq atigi bittasidan foydalandik. Agar aksincha bo'lganida hisob ham boshqacha bo'lar edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz