Ikkinchi qadam: A Seriya 2-tur prevyusi

Omonjon To`xtamirzayev
26 avg 2023
Bugun Italiya chempionati ikkinchi tur uchrashuvlari start oladi.

Bu turda ham bizni qator qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi. Demak, e'tiboringizga ana o'sha qiziqarli bo'lishi kutilayotgan bahslar haqida ma'lumot beramiz.   


"Milan" - "Torino"

Jamoadoshlariga Benasser yordam bera olmaydi. U hamon jarohati bilan ovvora. Shunday ekan jamoaning yangi futbolchisi Reyndersni asosiy tarkibda ko'rsak ajab emas. U markazda Krunichem i Loftus-Chikom. Hujumda Pioli yana Pulishich-Jiru-Leao triosini tushiradi. 

"Buqalar"ga Sek va Jiji yordam berolmasa, Radonich asosiy tarkibga qaytishi va Vlashich bilan oldingi chiziqdagi Sanabriyaga yordamlashishi kutilmoqda. Ayni damda muqobil boshqa bir variant ko'rinmayapti.

Jamoalarning avvalgi to'qnashuvida "Milan" 1-0 hisobida ustun bo'lgan. Hozir ham aynan milanliklar favorit sifatida ko'rilmoqda. Chempionatning 1-turida "rossoneri" yorqin o'yini bilan muxlislarini xursand qila olmagan bo'lsada, "Torino" ham "Kalyari" bilan o'yinda ustunlikka ega bo'la olmadi. Bu safargi raqib esa bir muncha kuchliroq jamoa. Stefano jamoasiga oson bo'lmas, ammo klass o'z so'zini aytib, "Milan" uch ochkolik bo'lishi ehtimoli juda yuqori.


"Yuventus" - "Bolonya"

Bu o'yinda De Shilo o'ynamasligi aniq, ammo Kin va Pogba zaxiradan bo'lsada, maydonga tushishi mumkin. Hujumda esa yana Keza-Vlaxovich-Vea uchligini ko'rsak ajab emas. Mehmonlar safida bu o'yinda Berrou va Sumaro o'ynay olmasligi ma'lum. Shu sababli Motta hujumda Zikerekega ishonch bildiradi, unga orqaroqdan Ndoy va Ebisher yordam beradi. Moroning ham holati aniq emas, bolonyaliklar u tayyor bo'lishiga ishonch bildirmoqda.

O'tgan safar jamoalar 1-1 hisobidagi durangga rozi bo'lishgandi. Shunga qaramay, "Yuventus" yaqqol favorit sanaladi. Turinliklar dastlabki daqiqalardan ustunlikni o'z tomoniga og'dirib, tezkor hujumlar uyushtiradi, "Bolonya" esa "keksa sinora"ga qarshilik qilishga, ayniqsa qanotlarda o'yin bermaslikka harakat qiladi. Bu oson bo'lmasligi aniq. Ammo Motta shogirdlari "Milan"ga qarshi uchrashuvda bu ishni bazi epizodlarda uddalay olishgandi.


"Napoli" - "Sassuolo"

Rudi Garsiya uchun Xvichaning safga qaytishi ajoyib yangilik bo'ldi, aynan u Osimxen va Politano bilan birgalikda hujum uchligini tashkil qilsa kerak. Shuningdek, Gaetano ham tiklanib, jangga tayyor, ammo u o'yinni ilk daqiqalardan boshlashi haqiqatdan biroz yiroqdek. Jesus-Rraxmani dueti himoya markazida asosiyga aylanmoqda. "Sassuolo" haqida gapirsak, Ruan diskvalifikaciya muddatini o'tab, qaytmoqda, lekin Alvares, Obyang va Berrardining o'yinda ishtiroki so'roq ostida qolmoqda. Balki hujumda Lorente va Pinamonti juftligiga ishonch bildirilar.

"Napoli" avvalgi bahsda osonlik bilan 2-0 hisobidagi g'alabani rasmiylashtirgan. O'yin oldidan favorit borasidagi fikrlar o'sha-o'sha. "Sassuolo" "Atalanta"ga qarshi o'yinda kutilmagan biror narsa namoyish qila olma, qo'shimchasiga Berrardi ham bo'lmasa, "neroverdi"ga oson bo'lmasligi aniq. "Napoli" muhim uch ochkoni u qadar qiyinchiliksiz qo'lga kiritishini taxmin qilamiz.


"Kalyari" - "Inter"

"Kalyari" safida jarohatlanganlar yo'qligi quvonarli albatta. Roga va Lapadulla lazaretdaligiga klubdagilar o'rganib ham qolishgan. Ular yaqin orada qaytmasligi ham hech kimga sir emas. Raneri bu safar hujumda nima o'ylab topishi juda qiziq. Biroq Shomurodov hali ham yangi jamoaga moslashish jarayonini boshdan o'tkazayotganini inobatga olib, tajribali murabbiy ilk daqiqalardan Pavolettini tushirsa kerak. 

"Inter" safida Acherbi va Darmianning maydonga tushishi borasida savollar ochiq qolmoqda. Matteo katta ehtimol tiklanib ulguradi. Nima bo'lganda ham Bissek zaxira varianti mavjud.



Jamoalarning o'tgan safargi to'qnashuvida "Inter" safarda 3-1 hisobida ustun kelgandi. "Neradzurri" imkoniyatlari bu safar ham yaxshiroq baholanmoqda. Tarkibida Shomurodov bo'lsada, A Seriya debyutanti skudetto uchun asosiy davogarlardan birini to'xtatib qolishi oson bo'lmaydi.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjima qildi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia