Ikardining xotini o'zi haqida yozilgan maqolani sharmandalik deb atadi

Aslanov Jasurbek
20 fev 2019, 15:58
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardining xotini va agenti Vanda Nara forvard maydonga sardorlik bog'ichisiz maydonga tushmasligi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Sharmandalik! Gazzetta dello Sport "Inter"ning hamkori hisoblanadi. Ular bunday yolg'on narsalar haqida yozib, vaziyatni og'irlashtirishmoqda. Haqiqat boshqacha" - deb yozdi Nara.

Oldinroq, Nara Mauroning yangi shartnomasi bo'yicha "Inter" rahbariyati bilan kelisha olmagani e'lon qilingan edi.

Vanda Naraning aytishicha, Mauro sardorlik bog'ichisiz maydonga tushmaydi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/wandaicardi27