Ikardi "Yuventus" bilan kelishib oldi

Alisher
13 avg 2019, 13:50
"Inter" forvardi Mauro Ikardi "Napoli", "Roma" va "Monako" klublarining takliflarini rad etdi.

Argentinalik o'yinchi turinliklar bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishib oldi.

Ikardi soliq hamda bonuslarni hisobga olmagan holda yiliga 8 million evro maosh oladi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatdi.

Futbolchining Turin klubiga o'tishi jamoa hujumchilari Paulo Dibala hamda Mario Manjukichlarning sotuvidan tushadigan mablag'lar evaziga amalga oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira