Iguain "Yuventus"dan ketgani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
19 okt 2018, 00:14
Argentinalik forvard Gonsalo Iguain “Yuventus”dan ketgani sababini aytib o'tdi.

“Yuventus” uchun barcha ishlarni qildim va ko'plab sovrinlar yutishda o'z ulushimni qo'shdim. Jamoaga Ronaldu olib kelinganidan so'ng, murabbiy menga asosiy tarkibda joy yo'qligini ta'kidladi”, - deya Gonsaloni so'zlarini keltirdi  Gazzetta Dello Sport nashri.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli hujumchi, turinliklar klubida 73 o'yin o'tkazgan(40 gol). Hozirgi paytda, ijara asosida “Milan” sharafini himoya qilmoqda – 5 o'yin, 4 gol.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport