Iguain va Xedira "Yuventus"dan ketishni istamayapti

Mirjalol Normatov
16 avg 2020, 16:56
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirloning rejalariga kirmayotgan bo'lsa-da, Gonsalo Iguain va Sami Xedira jamoadan ketishni istamayapti.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, argentinalik va germaniyalik hali bosh murabbiy bilan gaplashib olmagan. Blez Matyuidi esa Pirlo bilan suhbatdan keyin jamoasini o'zgartirgandi.

Bu holat klubning moliyaviy holatiga ham ta’sir o'tkazadi. Iguain yiliga 7,5 mln evro, Xedira esa 6 mln evro maosh olmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada Sarrining iste'fosi va Pirloning tayinlanuvi e'lon qilingandi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport