
"Yuventus" forvardi Gonsalo Iguain klublarning rasmiy e'lonlarini kutib o'tirmay, "Milan"ga o'tishini aytib qo'ya qoldi.
Keling, avval men shartnomaga qo'l qo'yaman va keyin suhbatlashamiz. Yaqin soatlar ichida tibbiy ko'rikdan o'taman va o'sha erning o'zida kelishuv imzolanadi.
Hayotimda yangi sahifa, yangi sarguzashtlar davri boshlanmoqda. "Yuventus" muxlislaridan barchasi uchun minnatdorman, va "Milan" ishqibozlariga salom yo'llayman.
Bu qarorga kelishimda Leonardo Bonuchchi katta rol o'ynadi. Aynan u meni milanliklar safiga o'tishga ko'ndirdi.