Igor Shkvirin: "Uchrashuvning yakuni mantiqsiz bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2021
Coca Cola O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Igor Shkvirin fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

"O'yin haqida ko'p gapirmoqchi emasman. Tan olish kerak, birinchi bo'limda raqibga mag'lub bo'ldik."Paxtakor"  katta ustunlik qildi.. Hattoki, to'p o'tkazib yuborishimiz ham ehtimoli bor edi, deya olaman. Ikkinchi bo'limda maydon egalaridan o'yin tizginini o'z tomonimizga og'dirishga harakat qildik. Yaxshi qarshi hujumlar tashkil qildik. Lekin bahs mantiqsiz yakunlandi. Oxirgi daqiqada darvozamizdan to'p olib chiqdik. Bu - futbol. Yigitlarni qo'llab - quvvatlayman. Ular maydongda xohish va ishtiyoqlarini ko'rsata olishdi. Ayrimlari jarohatdan so'ng maydonga qaytdi. Shogirdlarim "Paxtakor"ga munosib qarshilik ko'rsata olish bilan birga, asabiylashtirishga harakat qilishdi. Raqibga omad tilayman",- deydi Igor Shkvirin. 

- Murabbiy sifatida ancha yildan so'ng  "Paxtakor" stadioniga tashrif buyurdingiz. Bu borada qanday taassurotlar qoldi?

- Mazkur klubda ko'p yillar davomida to'p tepganman. Lekin hammasi tarixda qoldi. "Paxtakor"ni o'z maydonida hamma yutishni istaydi. Ortiqcha hissiyotlarga berilmasdan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Endi bitta frontda kurashamiz.

- Yozgi transferlarda tarkibga jalb etilgan futbolchilardan qoniqyapsizmi?

- Yozgi transferlar vaqtida tabiiyki tarkibni kuchaytirishga harakat qildik. Qayerdadir biz istagan narsa bo'lmadi. Biroq hozir bu haqida gapirmoqchi emasman. 

-"Turon" Superligada mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirishi uchun kuchi va zaxira imkoniyatlari etadimi?

- Zaxiramiz yaxshi, deb o'ylayman. Jamoaga bosh murabbiyi bo'lib kelganimda oldimga aniq maqsad qo'yildi. Ortda qolgan uchrashuvlarda yanada ko'proq ochko ishlashimiz mumkin edi.  Qayerdadir nimadir yetishmadi. Klubda har bir inson o'z ishini qilmoqda. Futbolchilar murabbiylar shtabi tomonidan berilgan vazifalarni bajarmoqda. Oldinga intilishda davom etamiz.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia