
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Olmaliq" bosh murabbiyi Igor Shkvirin yig'ilganlarning savollariga javob berib o'tdi.
"Bugun hammasi rejadagidek kechdi. Buning uchun shogirdlarimga rahmat aytmoqchiman. Qizil kartochkaga qaramay o'yinni oldinda davom ettirdik. Shogidlarimning himoyaga “yotib” olmagani ham yaxshi bo'ldi. Georgiy Kvesieshvilini jamoamizni tark etgan Evgeniy Gogolni o'rniga munosib sifatida ko'rdik va jamoamizga oldik." - deya o'yin haqida dastlabki fikrlarini bildirib o'tdi Igor Shkvirin.
- Agarda milliy terma jamoadan taklif tushsa qabul qilar edingizmi?
Agar.. Agarlarni chetga surib turaylik. Men "Olmaliq" bosh murabbiyiman va taklif qog'ozda rasman o'z tasdig'ini topmaguncha bu yerda o'z ishimni davom ettiraman. Rasmiy taklif tushadigan bo'lsa bu ishni bajara olishimni yoki bajara olmasligimni o'ylab ko'raman.