Ignashevich Lev Yashinni ortda qoldirdi

Narzulla Saydullayev
31 may 2018, 09:16
Rossiya terma jamoasi himoyachisi Sergey Ignashevich Avstriyaga qarshi o'yinda ishtirok etdi.

Ignashevich Rossiya terma jamoasi safida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. U Lev Yashinni ortda qoldirdi. Marhum darvozabon 37 yosh va 267 kunligida terma jamoadagi so'nggi uchrashuvini o'tkazgan edi.

Ignashevich hozir 38 yosh va 320 kunlik. U Rossiya terma jamoasida 2002 yil debyut qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru