38 yoshli Ignashevich Rossiya terma jamoasiga chaqirildi
Narzulla Saydullayev
14 may 2018, 21:23
SSKA himoyachisi Sergey Ignashevich JCH-2018da o'ynashi mumkin.
38 yoshli himoyachi jarohat olgan Ruslan Kambolovning o'rniga terma jamoaga chaqirildi. Oldinroq Ignashevich mavsum tugagach futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida xabarlar chiqqandi.