

Orenburgliklarning hozirgi murabbiyi Vladimir Fedotov mavsum yakunida "Rubin" jamoasini qabul qilishi kutilmoqda. Shunday vaziyatda Ignashevich uning o'rnini egallaydi.
O'tgan mavsum butsalarini mixga ilgan Ignashevich SSKAning yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida ish yuritayotgandi. Ma'lum bo'lishicha, 39 yoshli rossiyalik o'tgan hafta o'zining mustaqil ishlari tufayli klubni tark etgan.

Mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganda "Orenburg" 40 ochko bilan RPL jadvalida 8-o'rinda bormoqda. Mazkur klubda hamyurtimiz Vadim Afonin to'p tepadi.



