Ignashevich “Zenit” yoki SSKA murabbiylar shtabida ish boshlashi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
9 iyul 2018, 23:14
Sergey Ignashevich shu yilning o'zidayoq murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin, deb xabar bermoqda “Sport-Ekspress” nashri.

Rossiyalik tajribali futbolchi JCH-2018 chorak finalidan o'rin olgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qilgandi. 

Ma'lumotda keltirilishicha, Ignashevich “Zenit” ustozi Sergey Semakka yordamchi sifatida murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin. Hozirda 38 yoshli terma jamoa rekordchisi murabbiylik kursida tahsil olyapti. Ignashevichning Viktor Goncharenkoga yordamchi sifatida SSKAda ishlashi mumkinligi ham aytilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif