Ibragimovich "Milan"ning bir necha o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
8 fev 2022, 00:13
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich jarohatidan forig' bo'lish jarayonini davom ettiradi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, 40 yoshli forvard jamoaning yaqin 1-2 haftadagi uchrashuvlarida qatnashmasligi kutilmoqda. Biroq uning qachon safga qaytishi aniq emas.

Shvedning "Milan" bilan kelishuvi yozda yakuniga etadi. U ushbu mavsumda 19 o'yinda qatnashib, 8 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia