Ibragimovich: "Messi Peres bilan musobaqalashdi"

Mirjalol Normatov
9 dek 2018, 17:26
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Real" futbolchisi Luka Modrichning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgani borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bilasiz, matbuotda har doim ochiq gapiraman. Bilmadim, Luka "Oltin to'p"ga qanchalik loyiq. Ammo bilamizki, Messi "Oltin to'p" uchun Krishtianu Ronaldu emas, Florentino Peres bilan kurashishi kerak ekan", - dedi Ibragimovich.

Messi "Oltin to'p" uchun kurashda 5-o'rinni egalladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports