Ibragimovich: "Men - Zlatanman! Boshqalarga o'xshashni istamayman"

31 avg 2013, 19:17
Bir vaqtlar "Barselona" sharafini himoya qilgan Zlatan Ibrogimovich o'zining Pep Gvardiola bilan o'zaro munosabatlari haqida so'zlab berdi.

"Barselona"dagi birinchi kunlarimdayoq Pep menga jamoa futbolchilari meniki kabi tezyurar sport mashinalarida yurmasliklari, sodda va oddiy hayot tarzi yuritishlari lozimligini aytgandi.

"U mendan o'zimni oddiy bir yigit deb tasavvur qilishimni istardi. Biroq men Zlatanman! Men boshqalardek bo'lgim kelmaydi. Ulardan ajralib turishni istayman. Individual bo'lgim keladi. Gvardiola buni qabul qilolmadi.

Men kofe ichadigan xonamizga kirishim bilan, u chiqib ketardi. Yo'lakchada meni ko'rib qolsa, erga qarab o'tib ketardi. Bu erkakcha ishmas. U jahonning eng kuchli murabbiyi bo'lmaydimi, menga buning mutlaqo qizig'i yo'q. 

Bir kun men indamay tura olmadim va kiyim almaytirish xonasida unga shularni hammasini aytdim. Ammo xattoki shunda ham, u men bilan gaplashmadi. 

Meni to'g'ri tushuning, men Messi va Inestani xurmat qilaman. Ular to'p bilan hayratlanarli ishlarni amalga oshira olishadi. 

"Biroq ular shunday ta’sirchan, shunday indamas va odobli bolalarki... Har doim ularga nima deyishsa, shuni qilib ketaverishadi. Hech qachon baxslashishmaydi ham", deya The Timesga asoslanib, Goal.com Ibragimovichdan iqtibos keldirmoqda. 


Manba: sports.ru