Ibragimovich Lukaku bilan yuzaga kelgan mojaro haqida so'z ochdi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2021, 01:41
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Inter" hujumchisi Romelu Lukaku bilan "Milan derbisi" paytida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatga izoh berdi.

Shvedning so'zlariga ko'ra, o'yin davomida yuzaga keladigan barcha mojarolar futbol maydonidan tashqariga chiqmasligi kerak.

"Agar Romelu San-Remoga kelishni istasa, men uni o'sha yerda ko'rishdan mamnun bo'laman. U bilan hech qanday muammoyim yo'q, chunki maydonda nimaiki ro'y bersa, barchasi o'sha yerda qoladi", – deya Zlatanning so'zlarini keltirdi Football Italia.

San-Remo qo'shiq festivalida Ibragimovich "Bolonya" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich bilan duet kuylashi ma'lum qilindi.

"Umid qilamanki, Sinisha umuman qo'shiq aytishni bilmaydi, faqat shu holatdagina biz u bilan bir darajada bo'lamiz", – deb hazillashdi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia