Ibragimovich: "Jarohatim odamlar o'ylaganidan jiddiyroq edi"

Aziz Tukhtamuradov
20 noya 2017, 21:55
Manchester Yunayted futbolchisi Zlatan Ibragimovich tizzasidan olgan jarohati haqida gapirdi.

"Agar odamlar mening jarohatim qay darajada ekanligini bilganlarida, shunday jarohat bilan o'ynaganimdan shokka tushardilar. Bu shunchaki tizza jarohati emasdi. Lekin, men bu haqida batafsil gapirib bermoqchi emasman.

Men tiklanish jarayonini tezlashtirmadim. Tartibga rioya qildim. Yaqinlarim kuniga 5-6 soat tartib bo'yicha ishlaganimni bilishadi", - dedi shvetsiyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Four Four Two