Ibragimovich jarohatdan tiklandi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2020
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'ng oyog'ining jarohatidan tiklanib, yana safga qaytdi.

38 yoshli shved bugundan boshlab umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmoqda.

Ma'lumot o'rnida aytish kerak, yulduz hujumchi shikastlanganligi sababli "Vichenca" va "Breshia" bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib yuborgandi.

Eslatib o'tamiz, Ibragimovich yozda "Milan" bilan shartnomasini 2020/21 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com