Ibragimovich faoliyatini Italiyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin

Оқил Абдубарноев
5 may 2023, 10:27
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich futbolchilik faoliyatini A Seriyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, shved futbolchisi "Monca" rahbariyati bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Ma'lum qilinishicha, Zlatanning ushbu jamoaga o'tish ehtimoli 90 foizni tashkil etadi.

Ibragimovich 2020 yildan beri “Milan” safida to'p tepadi. O'tgan mavsum hujumchi A Seriya chempionligini qo'lga kiritdi. 41 yoshli shved "rossonerlar" safida 78 ta o'yin o'tkazib, 37 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Footmercato