Ibragimovich A Seriyadagi tarixiy rekordi haqida: “Bu menga kerak ham emasdi”

Eldor Akmurzayev
19 mar 2023, 09:25
Italiya chempionati navbatdagi turida “Milan” safarda “Udineze”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uzoq davolanishdan keyin safga qaytgan Zlatan Ibragimovich penaltini aniq amalga oshirdi va A Seriyada to'p kiritgan yoshi eng katta futbolchiga aylandi – 41 yosh-u, 166 kunlik. Avvalgi rekordi 2007 yil “rossonerilar” sobiq a'zosi Alessandro Kostakurta tomonidan o'rnatilgandi.

“Menga bu rekord kerak emas, buni bajonidil Kostakurtaga qoldirgan bo'lardim. Bunday buyuk klub tarixiga kirish men uchun sharaf. “Milan”da yorqin ishlarni amalga oshirgan ajoyib futbolchilar bo'lgan va ular orasida o'z nomimni ko'rishdan baxtiyorman. Bugungi golim bizga ochko keltirmagani esa achinarli”, degan shved.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia