Ibragimovich 2017 yildan beri ilk marotaba YCHLda maydonga tushdi - 40 yoshida

Aziz Tukhtamuradov
20 okt 2021, 08:42
"Milan" YCHL 3-turi doirasida "Portu"ga qarshi o'yin o'tkazdi (0:1).

O'yinning ikkinchi bo'limida milanliklar futbolchisi Zlatan Ibragimovich maydonga tushdi.

Bu shvetsiyalik futbolchi uchun chempionlar ligasida 2017 yildan beri ilk o'yin bo'ldi. U oxirgi marta 2017 yilning noyabrida "Manchester Yunayted" safida YCHL doirasidagi o'yinda maydonga tushgandi. "Milan" tarkibida esa u so'nggi marta 2012 yilda o'ynagan.

U o'zining 40 yosh 16 kunligida YCHLda maydonga tushdi. Faqatgina Rayan Giggz undan kattaroq vaqtida (40 yosh, 123 kun) ushbu turnirda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: PSSportsFR