Hikmat Fuzaylov: "Vadamni bajardim"

Mirjalol Normatov
5 iyul 2018, 22:21
"CAFA U-16 Championship" doirasida Qirg'iziston termasiga qarshi o'yindan keyin Tojikiston termasi bosh murabbiyi Hikmat Fuzaylov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi matbuot anjumanida men chiroyli o'yin ko'rsatishimizni aytgandim va vadamni bajardim. Chiroyli o'yin ko'rsata oldik. Yigitlar iloji boricha yaxshi harakat qilishga intilishdi. Bu yaxshi holat. Umid qilamanki, shu tezlikni saqlab qolamiz.

Birinchi bo'limda ikki gol urib olganidan keyin shogirdlarim g'alaba qozondik deb o'ylashdi. Bu yoshdagi futbolchilar shunday holatlarda o'zini tezda yo'qotib qo'yadi. Shu boisdan ham tempni biroz tushurib yuborishdi. Oqibatda bunda jazolanishdi.

Natijadan mamnunman. Yigitlar yaxshi o'yin ko'rsata olishdi. G'alaba uchun qattiq harakat qilishdi. Ularga rahmat aytaman.

Bu yoshdagi futbolchilar hayajondan o'z darvozasini ishg'ol qilib yuborishlari ham mumkin. Ketma ket gol o'tkazib yuborganimiz qo'rqinchli holat emas. Biroq anchagina ishlashimiz kerakligini ko'rdim. Turnir bizga katta imkoniyatlarni yaratib bermoqda", - dedi Fuzaylov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia